TARIX FALSAFASI

TARIX FALSAFASI — tarixni falsafiy sharxlash va baholash. «Tarix falsafasi» atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M. F. Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) T. f. — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb qisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviyruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iktisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xattiharakati, manfaati talqin etiladi.

Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.

18-a. ga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviyruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondoshishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aklni ustun qoʻyadi. 19—20-a. larda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O. Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A. Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.

Sharqda «Tarix falsafasi» tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtayi nazardan yondoshadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.

Sharq T. f. bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pandnasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografikhududiy jihatdan yondoshiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshoxlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.

Ad.: Toynbi A., Postijeniye istorii, M., 1991; Joʻrayev N., Tarix falsafasi, Tarix falsafasi, 1999.

Narzulla Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: TARIX FALSAFASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
IBN SINO
FALSAFA
FOROBIY
ETIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты