SOʻNKOʻL

SOʻNKOʻL — Markaziy Tyanshandagi Soʻnkoʻl soyligidagi koʻl (Qirgʻizistonda). 3016 m balandlikda. Mayd. 278 km2. Eng chuqur joyi 22 m. Tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. Soʻnkoʻlni dengiz sathidan 3600—3900 m balandlikdagi Soʻnkoʻltov tizmasining unchalik baland boʻlmagan choʻqqilari oʻrab turadi. 10 ga yaqin togʻ daryosi quyiladi, lekin, Norin daryosiga (Sirdaryo irmogʻi) quyiladigan birgina Koʻkjarti daryosi oqib chiqadi. Koʻl suvida karp, osman kabi baliklarini koʻpaytirish sohasida tajribalar oʻtkazilgan. Yozda koʻlga koʻplab parrandalar uchib keladi.


Lotin alifbosida maqola: SOʻNKOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SIRDARYO
TYANOʻPAN
OKEAN
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты