SOʻROQ GAP

SOʻROQ GAP — gaplarning kuzatilgan maqsadga koʻra turlaridan biri; soʻzlovchining biror nomaʼlum va noaniq narsahodisani bilish uchun tinglovchiga murojaatini ifodalovchi, soʻroq mazmunli ran. Asosiy xususiyati (vazifasi)ga koʻra Soʻroq gaplar 2 turli boʻladi: sof Soʻroq gaplar va ritorik Soʻroq gap lar. Sof Soʻroq gap tinglovchidan javob talab qiladi (Olimjonni kachondan beri bilasiz?). Ritorik Soʻroq gap oʻzida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gapdir (Shunday goʻzal vatan bormi dunyoda? Bolani kim sevmaydi?). Baʼzi Soʻroq gap larda soʻroq mazmuni bilan birga shubha, hayrattaajjub, buyruq maʼnolari xam sezilib turadi (Yopiray, shu ishni sen bajardingmi? Tezroq bormaysizmi? — Tezroq boring).

Soʻroq gap quyidagi vositalar yordamida tuziladi:

1) ran tarkibida mustaqil soʻroq soʻzlar (kim, nima, qachon, qayerda, qancha, necha, nega kabi soʻroq olmoshlari) yordamida (Uni kim koʻribdi? Qachon kelasiz?);

2) mi, chi, (aya) va b. soʻroq yuklamalari yordamida (Kecha teatrga bordingmi? — Yoʻq. — Bugunchi? Bugun borasana?);

3) soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari boʻlmaganda, soʻroq ohangining oʻzi bilan hosil qilinadi (Familiyangiz? Ismingiz? Kecha koʻrinmadingiz?).


Lotin alifbosida maqola: SOʻROQ GAP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
IBN SINO
XITOY
Shaxriyor - Men uchun vatan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты