TARKIBBAND

TARKIBBAND (arab. — tuzilish, band) — bir vaznda yozilib, gʻazal tarzida (taxallussiz) qofiyalanadigan, har banddagi baytlar soni teng boʻlgan, har band oxirida bir bayt alohida qofiyalanib keladigan sheʼr shakli. Lekin takrorlanib turuvchi baytlar saklansada, bandlar miqdori turli shoirlarda turlicha. Tarkibband murakkab tuzilishga ega boʻlib, shoirdan alohida mahorat va tajriba talab etadi. Tarkibband forstojik adabiyotida 9—11, oʻzbek adabiyotida 15-a. dan yozila boshlagan. Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy, Nodira va b. T. da ijod qilishgan. Mas., Navoiy devonida bittagina Tarkibband boʻlib, u ham marsiya xarakterida — «ham ota, ham murshidu pir» maqomidagi Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bagʻishlangan. U 7 band — 56 baytdan iborat. Har bandi 7 baytlik gʻazal va undan soʻng takrorlanib kelgan baytdan tashkil topgan.

Zamonaviy shoirlardan V. Saʼdulla, Chustiylar Tarkibband yozganlar. Chustiy T. ining har bandi 5 baytdan tarkib topib, har band oxirida alohida baytlar takrorlanib keladi.

Ad.: Adabiy turlar va janrlar, 2j., T., 1992; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j. li], 2j., T., 1977.


Lotin alifbosida maqola: TARKIBBAND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
YER
TARJIʼBAND
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты