TAROZ

TAROZ, Talas (1936-y. gacha Avliyoota, 1936—1938-y. larda Mirzoyan, 1938-y. dan Jambul, 1998-y. dan Taroz) — Krzogʻiston Respublikasi Jambul viloyatidagi qad. shahar, viloyatning maʼmuriy markazi. Olmaotadan 545 km gʻarbda, Talas daryosini t. y. kesib oʻtgan joyda. Aholisi 325 ming kishiga yaqin (2003).

Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Taroz taxm. 5-a. da vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyaliq elchi Zemarx tomonidan 568-y. qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taroz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (8 — 18-a. lar).

Qad. da Taroz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qalʼa, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. 7-a. da Taroz muhim savdo markazi. 751-y. T. yaqinida Talas jangi boʻlib oʻtgan. 9-a. oxiridan Somoniylar, 10-a. oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida. 12-a. oxiridan boshlab Qoraxitoylar va Moʻgʻullar istilosidan ancha shikastlangan Taroz tanazzulga uchray boshlagan. 16-a. boshida shaharda gʻayot barham topgan. Tarozda oʻtkazilgan qazishmalar chogʻida zardushtiylarning ossuariylarda koʻmilgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11 — 12-a. larga oid hammom, korizlar (suv oʻtkazgich) topilgan. 19-a. da Avliyoota qalʼasi qurilgan. 1864-y. da Tarozni Rossiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920-y. dan Qozogʻiston tarkibida.

Taroz kimyo (fosfor, mineral oʻgitlar), yengil va oziq-ovqat (charmpoyabzal kti, jun fkasi, mebel, tikuvchilik, attorlik fkalari, xrom va rezina buyumlari zdlari, shakarqand, goʻsht va spirt, araq ktlari, vino, sut, baliq, pivo zdlari) sanoatining mugʻim markazi. Mashinasozlik (kommunal asbobuskunalari, qishloq xoʻjaligi. mashinalariga ehtiyot qismlar, agregattaʼmirlash zdlari va b.), qurilish materiallari sanoatlari rivojlanmoqda. Tarozda 3 oliy oʻquv yurti (yengil va oziq-ovqat sanoati texnologiya inti, gidromelioratsiyaqurilish va ped. intlari), oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor. Shahar aeroporti, t. y. va avtovokzallar ishlab turibdi.

Tarozdan 18 km jan. garbda noyob meʼmoriy obidalar: Babaji xotun maqbarasi (10 — 11-a. lar) va Oyshabibi maqbarasi (11 —12-a. lar) saklangan.

Ad.: Bernshtam A. N., Pamyatniki starinы Talasskoy dolinы, AlmaAta, 1941; Senigova Taroz, Srednevekovыy Taraz, AlmaAta, 1972.


Lotin alifbosida maqola: TAROZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
QORAXONIYLAR DAVLATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты