SOʻFITOʻRGʻAY

SOʻFITOʻRGʻAY (Galerida cristata) chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Tanasining uz. 180—190 mm, vazni 45 g gacha. Boshida patlardan iborat «kokil»i boʻladi. Yerda yaxshi yuguradi. Patlari qoʻngʻirkulrang, usti qoramtir dogʻli, qorni esa sargʻishoq, tomoq va koʻkragida qoʻngʻir xolla ri bor. Gʻarbiy va Markaziy Yevropa, Osiyo va Shim. Afrikada tarqalgan. Uyasini yerdagi pana joylarga quradi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Modasi uni 12 — 13 kun bosadi. Bolalari 9—10 kundan keyin uyani tashlab ketadi. Soʻfitoʻrgʻay hasharotlar, oʻsimlik qismlari va urugʻlari bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda oʻtroq yashaydi.


Lotin alifbosida maqola: SOʻFITOʻRGʻAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
YER
YEVROPA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты