SOʻX

SOʻX — Fargʻona vodiysidagi sersuv daryo. Olay va Turkiston tizmalarining shim. yon bagʻirlaridan 5550 m cha balandlikdagi muzlikdan boshlanadi. Uz. 124 km, havzasining mayd. 3510 km2, suv havzasining bal. 3480 m. Dalbek, Shudmon va Xoʻjaochkan soylari Zardoli qishlogʻi yonida birlashib, Soʻx daryosini hosil qiladi. Yuqori qismida juda chuqur va tor (eni 4—10 m) daradan oqadi. Adirlar zonasiga chiqqach, daryo vodiysi kengayib 500 m ga yetadi. Shundan soʻng daryo kengligi 70 km, uz. 50 km li, tosh va shagʻaldan tuzilgan yoyilma konus hosil qiladi. Daryoning ayrim qismlarida ikkinchi va uchinchi terrasalari bor. S. Fargʻona vodiysiga oqib chiqqach, tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Daryo muzlik va qordan toʻyinadi, chunki havzasiga yogʻadigan yillik yogʻin miqdorining 71% qor va 29% yomgʻirga toʻgʻri keladi. Havzasining mayd. 244 km2li 364 muzlik bor. Eng yirigi Archaboshi (12 km2). Oʻrtacha okim moduli 17,0 l/sek, km2. S. suvining loyqaligi oʻrtacha (0,99 kg/m3). Adirlar oraligʻida daryoga Sariqoʻrgon suv tuguni va Oʻxchi GES, etagida Qoʻqon gidrotuguni qurilgan. S. Fargʻona viloyatining Oʻzbekistan, Dangʻara, Uchkoʻprik, Bagʻdod tumanlari yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Daryo vodiysida Qoʻqon sh. joylashgan. «Choʻngʻora» va b. kurortlari bor.


Lotin alifbosida maqola: SOʻX haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
SIRDARYO
YER
TOSHKENT
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты