SOʻX GAZ-NEFT KONI

SOʻX GAZ-NEFT KONI — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoʻqon sh. dan 30 km jan. da antiklinal burmada joylashgan. 1956-y. da ishga tushirilgan. Strukturaning markaziy qismidan Soʻx daryosi kesib oʻtadi, relyefning mutlaq bal. 850—864 m. Shim. Soʻx burmasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziqdari bor. S. g. k. da 1946 — 68 y. larda 139 ta burgʻi qudugʻi qazilib, undan 59 tasidan sanoat miqyosida neft va gaz olingan. Soʻx gaz-neft koni koʻp qatlamli, gaz va kisman neft paleogen yotqiziklari gorizontlarida uchraydi; 6gorizontdagi neft uyumida gaz qalpogʻi bor. Boʻr va yura davrlari gorizontlarida ham gaz uyumlari mavjud. 2gorizont 1070—1350 m chuqurlikda ochilgan. Qatlam, asosan, mayda qumtoshlardan iborat, kalirshigi 14 m, gʻovakligi 9 — 38%, gazlilik mayd. 7,7 km2, uyum bal. 240 m. Gaz zichligi 0,676 g/sm3. Barcha gorizontlarda gazning tarkibi turlicha. Neft uyumi sharqiy koʻtarilmada ochilgan, 4gorizont rishton qatlamlari orasida joylashgan, ohaktoshli, ostki qismi mayda qumtoshli. Foydali qalinligi 3 m. Gʻovakligi 2,7616,4%. Qatlam 13001420 m chuqurlikda ochilgan. Neftgazlilik maydoni 1038 ga. Neft zichligi 0,880 g/ sm3. Tarkibi (%da): asfaltenlar 0,90, aksiz smolasi 14,7, koks 2,5, parafin 7,9. Neft yengil, kam oltingugurtli (0,12%). 8gorizont buxoro qatining yuqori qismida joylashgan, qumli ohaktoshlar, gil, angidrit va qumtoshlardan iborat. Qalinligi 33 m, mahsuldor qatchalarning umumiy qalinligi 16 m, gʻovakligi 15—21% boʻlib, 1470—1590 m chuqurlikda ochilgan. Konda 1961-y. boʻr yotqiziklaridagi gaz oqimi 8gorizontning gumbaziga yoʻnaltirilgan. 1963-y. qatlamdagi bosimni bir meʼyorda saqlash uchun neft chegarasi tashqarisiga suv bostirilgan va 1964—67 y. lar davomida bosim pasayishi oldi olingan. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: SOʻX GAZ-NEFT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты