TAROR OLTIN KONI

TAROR OLTIN KONI — Zarafshon daryosining chap sohilida, Zarafshon togʻ tizmalaridagi Moʻgʻiyon togʻlarida joylashgan (Tojikiston, Panjakent tumani). 1967-y. ochilgan. Taror oltin koni yuqrri karbon yoshidagi kvarsli dioritlar shtoki yorib chiqqan silur davriga mansub turli darajada metasomatik oʻzgargan choʻkindi togʻ jinslari — ohaktosh, qumtosh va slaneslar bagʻrida joylashgan. Genezisi boʻyicha gidrotermalmetasomatik rudalar, asosan, skarnlar, kvarsitlar va ularga turdosh boʻlgan jinslar bilan bogʻliq. Ruda tanalari Taror sinigʻi zonasida joylashgan minerallashgan jinslardan (skarnlar, kvarsitlar, kremniylar va h. k.) iborat boʻlib, ularning umumiy tarqalish uz. 500—600 m, qalinligi 30 m gacha, chuqurligi esa 450—500 m va undan ortiq. Konda ruda oksidlanishi chuqur, tugʻma elementlar (oltin, kumush, mis, vismut, surma), sulfatuzli minerallar (tetraedrit, aykinit, jemsonit, Bi, Ag, Sb larning sulfatuzlari) keng tarqalgan. Asosiy sulfidli minerallararsenopirit, pirit, xalkopirit, antimonit hamda noruda minerallar — kvars, dolomit, kalsit, ankerit va b. dan iborat. Oltin koni rudalari kompleks (koʻp elementli) boʻlib, uning tarkibida oʻzgaruvchi miqdordagi (21 — 128 g/t) oltindan tashkari kumush, kadmiy, indiy, vismut va b. foydali elementlar mavjud. Konda bir necha xil ruda turlari ajratilib (sulfidli, gematitli, kvarskalsitli va h. k.), ulardan sanoat ahamiyatiga moligi — sulfidli (xira rudali va arsenopiritli) rudalar hisoblanadi. Taror oltini tugʻma, kumushli oltinlardan hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TAROR OLTIN KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TAROR OLTIN KONI
YER
TOJIKISTON
TOSHKENT
SILUR DAVRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты