SOʻQOQSOY

SOʻQOQSOY, Samsaraksoy Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi soy. Chirchiq — Ohangaron havzasida joylashgan. Chatqol tizmasining jan. gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushuvchi Sarituproqsoy va Miskensoyning qushilishidan hosil boʻladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 75,4 km2. Qorasuvga quyiladi. Soʻqoq qishlogʻiga qadar soy yon bagʻirlari baland, tor va chuqur vodiyda, shagʻal va xarsang toshlarga toʻla nishabi katta oʻzanda oqadi, shu qishloqdan boshlab vodiysi ancha kengaya boradi, yon bagʻirlari past va yotiq. S havzasi ancha sersuv, Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,96 m3/sek. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 60—70% mart—may oylariga toʻgʻri keladi. Soʻqoqsoyning asosiy irmogʻi — Chashmasoy (oʻngdan). Soydan apr. — may oylarida sel keladi. Soʻqoqsoy havzasida «Soʻqoq» dam olish uyi, bolalar oromgohlari bor.


Lotin alifbosida maqola: SOʻQOQSOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
SIRDARYO
AMUDARYO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты