TAROQLILAR

TAROQLILAR (Ctenophora) — dengiz umurtqasizlari tipi. Tanasi shaffof, dildiroq, oval, tuxumsimon, choʻziq silindrsimon yoki boshqa shaklda. Tanasining bir uchida ogʻiz teshigi, 2uchida muvozanat organi (statotsist) joylashgan. Tana devori boʻshliqichlilar singari ektoderma va entodermadan iborat. Ektoderma bilan entoderma oraligʻida dildiroq mezogliy (strukturasiz qavat) boʻladi. Umumiy tuzilishi radial simmetriyaga moye keladi. Ogʻiz teshigi halqumga ochiladi; halqum oshqozon bilan bogʻlangan. Oshqozondan radial naylar tarqalgan. Bu naylar Taroqlilar tanasi chetiga kelib tana boʻylab joylashgan 8 qator meridional naylarga ulanib ketadi. Meridional naylar boʻylab qarakat organlari — 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroqsimon plastinka qator boʻlib bir-biriga yopishgan kiprikchalardan iborat.

Taroqlilar germafrodit. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. 1 sinf (taroklilar) 2 ta kenja sinf (paypaslagichlilar va paypaslagichsizlar)ni oʻz ichiga oladi. 100 ga yaqin turi maʼlum. Barcha dengizlarda uchraydi; erkin suzib yuruvchi, dengiz tubida oʻrmalovchi yoki oʻtroq yashovchi hayvonlar. Asosan, plankton, baʼzan baliqlar uvildirigʻi va chavoqlari bilan oziqlanadi. Oʻljasini ogʻzi yoki uzun paypaslagichlari bilan yopishtirib oladi. Taroqlilar treskasi mon baliklar uchun oziq. Keng tarqalgan turi beroyo boshqa Taroqlilarni yeydi.


Lotin alifbosida maqola: TAROQLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BOʻSHLIQICHLILAR
TOSHKENT
OKEAN
HALQUM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты