TARPAN

TARPAN, Yevropa yovvoyi oti (Equus caballus gmelini) — xonaki otning kenja turi. Qadimda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. 19-a. ning 70y. lariga qadar Ukrainaning dasht mintaqalarida uchragan. Tabiiy sharoitlarda uy hayvonlari podalari taʼsirida va qisman odam tomonidan ovlanishi natijasida yoʻqolib ketgan. Koʻlga oʻrgatish qiyin boʻlgan. Boʻyi past (qarchigʻayigacha bal. 116—136 sm), tanasi pishiq. Uyur boʻlib yashagan. Goʻshti va terisi uchun ovlangan.


Lotin alifbosida maqola: TARPAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
YEVROPA
UKRAINA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты