TARS

TARS (Gyozlyu-Kule) — qadimgi manzilgoh (mil. av. 6ming yillik — mil. 3—4-a. lar). Turkiyaning Tarsus sh. chetida joylashgan. Tars dagi qazilmalar (1934— 38) natijasida Kichik Osiyo jan. ning arxeologik madaniyatini belgilovchi aniq stratigrafiyasi aniqlandi. Mil. av. 6—5ming yillikda Tars — neolit davri manzilgohi boʻlib, aholisi qoramtirkoʻk rangdagi idishlar tayyorlashgan. Mil. av. 3ming yillikda Tars — atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan mustahkam shaharcha. Mil. av. 2ming yillikda xemmaap davlati tarkibida (xett muhrlari topilgan). Mil. av. 1100—850-y. larda Tarsda dastlabki temir buyumlar yasalgan. Tars madaniyatiga oid aholi Suriya va Ossuriya bilan yaqindan aloqada boʻlgan. Mil. av. 7-a. da T. Ossuriya tarkibiga kirgan. Tarsning yuqori qatlamlaridan ellinistik va Rim davriga oid (mil. av. 4-a. — mil. 3—4 a. lar) qabrlar chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: TARS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
MISR
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
SURIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты