TARQATISH QUTISI

TARQATISH QUTISI (avtomobillarda) — koʻp oʻkli avtomobilning yetakchi gʻildiraklariga burovchi momentni uzatish uchun moʻljallangan mexanizmi. Qismlari: karter, yetakchi val, oraliq val, yetaklanuvchi val va old koʻprik yuritmasi vali. Vazifasiga qarab, Tarqatish qutisida tezlikni qoʻshimcha pasaytiruvchi uzatma boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin. Tezlikni qoʻshimcha pasaytiruvchi uzatmada uzatishlar sonini oshiruvchi shesternyalar juftligi mavjud. U avtomobilning yetakchi gʻildiraklaridagi tortish kuchini yanada oshirishga imkon beradi. Odatda, Tarqatish qutisi tezliklar qutisi orqasiga oʻrnatiladi va unga kardanli val (taqsimlash vali) orqali ulanadi. Murakkabroq Tarqatish qutisi daoʻkdararo differensial qoʻllanadi. U old va orqa koʻpriklar yuritmasi vallariga har xil tezliklarda aylanishga imkon beradi. Bu esa burilishlarda old gʻildiraklarning sirpanishini bartaraf qiladi. Tarqatish qutisini almashlab ulash mexanizmining ishi tezliklar qutisi almashlab ulash mexanizminikiga oʻxshaydi. Tarqatish qutisiga transmissiya moyi quyib turiladi.


Lotin alifbosida maqola: TARQATISH QUTISI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
YER
TRAKTOR
TAQSIMLASH VALI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты