TARGʻITOY

TARGʻITOY — skiflarning afsonaviy bobokaloni. Gerodotning yozishiga koʻra, skiflar mamlakati qadimda kimsasiz boʻlib, dastlabki inson Targʻitoy boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Targʻitoyning otasi yunonlarning bosh xudosi Zevs, onasi Borisfen (Dnepr) daryosi maʼbudasi boʻlgan. Bu rivoyatga Gerodotning oʻzi ham shubha bilan yondashgan. Targʻitoyning 3 oʻgʻli: Lipoqsoy, Arpoqsoy va Qoloqsoy bor edi. Ularning podshohligi davrida skiflar yeriga osmondan oltin buyumlar: omoch, boʻyinturuq, oybolta va qadah tushgan. Bu buyumlarni dastlab katta oʻgʻli koʻrgan. U borib buyumlarni koʻtarish uchun engashganda oltin buyumlar alanga olgan. Shundan soʻng katta oʻgʻil chekinib, oʻrtancha oʻgʻil yaqinlashgan. Oltin buyumlarni yana alanga chulgʻab olgan va uning issiq tafti ikki akaukani tisarilishga majbur etgan. Shunda 3kenja oʻgʻil yaqinlashgan, alanga oʻchib qolgan va u oltin buyumlarni oʻz uyiga olib kirgan. Shuning uchun akalari podsholikni unga berishga rozi bulishgan. Targʻitoy ismi urta ayerlarda Dashti Qipchoq aholisi urtasida Targʻutoy, Tarqutoy, shaklida xam keng tarqalgan («Shajarayi turk»).


Lotin alifbosida maqola: TARGʻITOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
QOLOQSOY
XITOY
AMIR TEMUR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты