TASMALI UZATMA

TASMALI UZATMA — mashina mexanizmlarida aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga tasma yordamida uzatuvchi mexanizm. Vallarga oʻrnatilgan shkivlar va tasmalardan iborat. Tasma bilan shkiv orasida hosil boʻluvchi ishqalanish kuchi hisobiga tasma yetakchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga burovchi moment uzatadi. Tasmalarning tipiga qarab, Tasmali uzatma yassi, ponasimon, doiraviy kesimli va b. tasmali xillarga boʻlinadi (rasmga k,.). Yassi va doiraviy Tasmali uzatmada bitta, ponasimon Tasmali uzatmada esa bir necha (odatda, kamida 6—8 ta) tasma ishlatiladi. Tasmali uzatma oddiyligi, tannarxining pastligi, harakatni ancha uzok. (15 m va undan ortiq) masofaga uzata olishi, shovqinsiz ishlashi, mexanizmlarni ortiqcha zoʻriqishdan saklashi va b. xususiyatlari bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi; tasmalarning tez yeyilishi, uzilishi, oʻlchami kattaligi, val va shkivlarga katta kuch tushishi, uzatish nisbatining doimiy emasligi va b. uning kamchiligidir. Tasmali uzatma, 30 kVt dan bir necha yuz kVt gacha quvvat uzatishda qoʻllaniladi. Tasmali uzatma avtomobillar, stanoklar, tikuv mashinalari va b. da ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TASMALI UZATMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISHQALANISH
YER
TISHLI UZATMA
MEXANIZM
TRAKTOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты