TASMAN

TASMAN (Tasman) Abel Yanszon (1603, Lutgegast, Groningen provinsiyasi — 1659, okt., Jakarta) — gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638—41 y. larda savdo kemasiga qoʻmondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shim. da Yaponiyagacha suzib borib, Bonin o. ni kashf qilishda (1639) qatnashgan. Okeaniya (1642—43) va Avstraliyani (1644) tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. Tasman 1ekspeditsiyaning maqsadi boʻlgan «nomaʼlum jan. materik»ni izlash davomida VanDimen Yeriningjan. va sharqiy sohillarini (1853-y. da orol uning nomiga qoʻyilgan), Yangi Zelandiyaning gʻarbiy sohili, TriKings va Tonga o. lari, Fiji guruhidagi baʼzi orollarni topib xaritaga tushirgan. 2ekspeditsiya Karpentariya qoʻltigʻining jan. va gʻarbiy sohillari, Avstraliyaning shim. garbiy qismigacha yetib bordi. Ikkala ekspeditsiya Avstraliyaning alohida quruqlik ekanligini, taxmin qilingan jan. materik bilan tutash emasligini tasdiqladi. Avstraliya bilan Yangi Zelandiya oraligʻidagi dengiz, orol, Yangi Zelandiyaning Janubiy o. dagi qoʻltiq, muzlik va b. geografik obyektlar Tasman nomi bilan atalgan.


Lotin alifbosida maqola: TASMAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
AVSTRALIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты