TASNIF (arab. — saralash, tartibga solish) , klassifikatsiya — ilm yoki inson faoliyatining biror soqasiga oid oʻzaro bir xil tushunchalar sistemasi. Tasnif har bir fanga xos muhim mantiqiy amal boʻlib, uning vositasida shu fan doirasida toʻplangan bilimlar qatʼiy tartibga solinadi. Fanni oʻrganishda bunday Tasnif qulaylik tugʻdiradi. Tasnifda boʻlinuvchi va boʻluvchi tushunchalar oʻzining qatʼiy oʻrniga ega boʻladi. Tasnif natijasida fanda muxim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va sunʼiy Tasniflar birbiridan farq qiladi. Tabiiy Tasnif obyekt larning muhim belgilariga asoslanadi (mas., kimyoviy elementlarning davriy sistemasi). U i. t. ning natijasi va muhim vositasi boʻlib, bilish jarayonida katta ahamiyatga ega. Sunʼiy Tasnif asosida obyekt larning nomuhim belgilari yotadi va turli-tuman predmetlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi (mas., kutubxonada kitoblarni alfavit boʻyicha joylashtirish). Tasnifda mantiqdagi boʻlish qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Tasnif lash davr oʻtishi bilan oʻrganilayotgan obyekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga moye ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib boriladi. Tasnif lash har bir tushunchaning tafakkur tizimidagi oʻrnini aniqlab beradi. Tasnif lash natijasida hosil boʻlgan bilim predmetning asosiy xususiyatlari hamda ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi va bu bilimlar tartibga solingan bilim hisoblanadi.
Bilimlarning kelib chiqishi, ilmlar tartibi, strukturasi va oʻzaro munosabatini oʻrganishda fanlar Tasnifi muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu masala bilan oʻtmishda koʻp olimlar, jumladan, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, Dekart, Mil, Spenser, Kant shugʻullangan.
Baxtiyor Toʻrayev.