TASQARALAR

TASQARALAR (Aegypinae) — qarchigʻaylar oilasiga mansub qushlar kenja oilasi. Uz. 50 dan 120 sm gacha, vazni 1,5 dan 12 kg gacha. Boshi va boʻyni kalta parlar bilan qoplangan boʻlib, oʻlimtiklarni yeganida ifloslanmaydi (boltayutar va xurmo T. i bundan mustasno). Qanotlari uzun, keng va kuchli; oʻlimtik qidirib havoda qanot qoqmasdan parvoz qilishga moslashgan. Koʻpchilik yirik hayvonlar oʻlimtigi bilan oziqlanadi. Oyokdaridagi tirnoqlari qayrilmaganligi uchun oʻljasini tutib turishga moslashmagan. Faqat boltayutar oyoqlari oʻljani tutib tura oladi. Bolalariga oziqni jigʻildonida olib keladi. 9 urug, 14 turi bor. Jan. Yevropa, Afrika, Markaziy va Jan. Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turi (qora Tasqaralar, oq boshli qumoy, qor qumoyi, boltayutar) uchraydi; baland togʻlarga uya quradi. Barcha turlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: TASQARALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
Tushda xurmo, xurmo mevasi | Тушда хурмо, хурмо меваси
Tushda xurmo, xurmo mevasi | Тушда хурмо, хурмо меваси
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты