SAYDAM SOYLIGI

SAYDAM SOYLIGI — Xitoydagi tektonik botiq. Uz. 700 km, eni 300 km gacha, bal. 2600—2900 m. Nanshan, Kunlun, Oltintogʻ togʻlari oʻrab turadi. Tubi tekis. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —11° dan —15° gacha, iyulniki 15—18°. Yillik yogʻin 25—50 mm, sharqida 150 mm gacha. Mayda shoʻr koʻl koʻp. Saydam soyligining aksari qismi toshloq, qumli, gilli choʻl, chala choʻl va shoʻrxokdan iborat. Shim.-gʻarbiy kismi denudatsion tekislik, jan.-sharqi akkumulyativ tekislik. Oʻsimlik kam. Togʻ etaklarida qamish, boshoqlilar, yulgʻun, juzgʻun oʻsadi. Neft va osh tuzi konlari bor.


Lotin alifbosida maqola: SAYDAM SOYLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
XITOY
YEVROPA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты