SAMUTALI Aleksandr Sergeyevich (1928.22.9, Qirgʻiston, Prjevalsk sh. 2005.31.1,Toshkent) agronom-iqtisodchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), iqtisod fanlari d-ri (1972), prof. (1977), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA akad. (1991). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1952). Soyuz NIXIda katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1956—60), Oʻrta Osiyo iqti-sodiyot va q. x. ilmiy tadqiqot in-ti boʻlim mudiri (1960—64), direktor oʻrinbosari (1965—76), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi oʻrinbosari (1976— 91). Oʻzbekistan Qishloq xoʻjaligi FA vitse-prezidenti (1991—92), Respublika qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. markazi bosh ilmiy kotibi (1993—98) 1998-y. dan shu Markazga qarashli Oʻzbekiston bozor islohotlari i. t. in-tida yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy ishlari paxtachilikda agrotexnika tadbirlari samaradorligini iqtisodiy asoslash, mehnat unumdorligi, kapital mablagʻlar samaradorligini oshirish, q. h. mahsulotlariga narx belgilash, agrosanoat integratsiyasi, Oʻzbekistan agrarsanoat majmuida ilmiytexnika taraqqiyoti istiqbollariga bagʻishlangan.