SVETAYEVA Marina Ivanovna

SVETAYEVA Marina Ivanovna (1892.26.11, Moskva – 1941.31.8, Yela-buga, Tatariston) rus shoirasi. Moskva un-ti prof. Lozanna va Frey-furgdagi musika maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi kizlar gimnaziyasida oʻqigan. Oktyabr toʻntarishini qabul qilmay, 1922-y. da Pragaga, 1925-y. da esa Parijga koʻchib borgan. Muhrjirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan Svetayeva 2-jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo koʻp oʻtmay, ruhiy iztiroblar orqasida oʻz joniga qasd qilgan.

Dastlabki sheʼriy toʻplamlari — «Oqshom albomi» (1910) va «Sehrli fonar» (1912). 1916-y. ga kelib, Svetayeva ijo-dining asosiy mavzui — muhabbat, Rossiya, sheʼriyat mavzui uzilkesil shakllanadi. Svetayevaning 20-y. lar avvaliga oid sheʼrlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jur. larida eʼlon qilinadi. Shu davrda uning «Blokka atalgan sheʼrlar», «Hijron»(1922), «Psixeya, Romantika», «Hunar» (1923) sheʼriy kitoblari va «Barakalla» (1924) doston-ertagi nashr etilgan. Svetayevaning «Rossiyadan keyin. 1922 — 25» soʻnggi toʻplami 1928-y. Parijda bosilgan.

Svetayeva sheʼriyati musiqiyligi, tovushning sheʼr musiqiy qurilmasidagi katta oʻrni va ahamiyati bilan ajraladi. Tashki dunyo bilan murosa qila olmagan va shu dunyodagi hayotida roʻshnolik koʻrmagan shoiraning asarlari, jumladan, «Togʻlar dostoni», «Intiho dostoni» (1926), «Krisolov» lirik satirasi (1925), hatto antik davr syujetlari asosida yozilgan «Tezey» (1927) va «Fedra» (1928) tragediyalari uzun hamda keskin monologlardan tarkib topgan. Svetayeva nasrda ham qalam tebratib, M. Voloshin, O. Mandelshtam, A. Beliy va b. haqida falsafiy oʻylar va xotiralardan iborat oʻziga xos adabiy portretlarni yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: SVETAYEVA Marina Ivanovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты