TAUNS

TAUNS (Townes) Charl Xard (1915.28.7, Grinvill, Janubiy Karolina) — amerikalik fizik, kvant elektronika asoschilaridan biri. Grinvild (1931—37), Kaliforniya texnologiya inti (1937—39) da oʻqigan. Kolumbiya untida (1948-y. dan; 1950-y. dan prof.), Massachusets texnologiya intida (1961—66 y. dan prof.) ishlagan. Kaliforniya untida fizika boʻlimi boshligʻi (1967-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari kvant elektronikaga oid. N. G. Basov va A. M. Proxorovdan mustaqil tarzda birinchi kvant generatori — mazerni yaratgan (1954). Amerikalik fizik A. Shavlov bilan birgalikda optik kvant generatori — lazernm yaratish mumkinligini asoslab bergan (1958). Kvant elektronika va chizikli boʻlmagan optika usullarini astrofizikata qoʻllab, boshqalar bilan hamkorlikda kosmosdagi mazer effektini ochgan (1969). Nobel mukofoti laureati (1964; N. G. Basov va A. M. Proxorov bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: TAUNS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
ELEKTRONIKA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты