TAUER

TAUER, Toyer (ing. tower — minora) — Londonning sharqiy qismida, Temza daryosi boʻyida joylashgan qasrqalʼa. Tauerning eng qad. kismi — «Oq minora» Vilgelm I Fotih davrida (taxm. 1078—85) qurilgan. Tauer 17-a. gacha qirol qarorgohidan biri boʻlib xizmat qilgan. Bu yerda (1820-y. gacha) davlatning bosh turmasi joylashgan; T. da koʻplab oliy mansabdor shaxslar (Genrix VI va Eduard V ukasi Richard bilan, Tomas Mor, T. Kromvel, Genrix VIII ning xotinlari — Anna Boleyn va Yekaterina Govard va b.) xufiyona ravishda oʻldirilgan. Keyinchalik, bu yerda qurolaslaha ombori (arsenal), kazarmalar joylashgan; hozirda — muzey (qad. qurollar va jazolash asboblari, qirol xonadoniga tegishli qimmatbaho buyumlar majmuasi va b.).


Lotin alifbosida maqola: TAUER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
EDUARD
ROSSIYA
XITOY
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты