SELOM

SELOM (yun. koiloma — chuqurlik, boʻshliq) — ikkilamchi tana boʻshligʻi, koʻp hujayrali hayvonlar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, ignaterililar, pogonoforalar, xordalilar va b.)da tana devori bilan ichki organlar oraligʻidagi boʻshliq. Selom mezodermadan hosil boʻlgan epiteliy devor bilan chegaralangan; selomik suyuqlik bilan toʻlib turadi, tashqi muhitga maxsus naychalar — selomoduktlar orqali ochiladi. Selom tana devori, muskullari uchun tayanch (gidrostatik skelet); organizm ichki muhitining biokimyoviy turgʻunligini taʼminlaydi. Bundan tashqari, bir qancha ikkinchi darajali: oziqlantirish, ayirish, nafas olish, jinsiy va b. funksiyalarni bajaradi. Selomga ega boʻlgan hayvonlar ikkilamchi tana boʻshliqli, yaʼni selomik hayvonlar deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: SELOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ODAM
YER
HAYVONLAR
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты