TAXIATOSH

TAXIATOSH — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar. 1953-y. Bosh Turkman kanali quruvchilari ishchi posyolkasi sifatida vujudga kelgan. Amudaryoning chap sohilida, muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Aholisi 50,9 ming kishi (2004). Taxiatosh stansiyasi. Nukusdan 16 km uzoqlikda. Shaharning shim. va jan. qismlarida qad. sugʻorish kanallarining oʻzanlari saklangan.

T. Qoraqalpogʻistonning energetika sanoati markazi. Shahar issiqlik elektr styasi Oʻrta Osiyo elektr sistemasiga tutashtirilgan.

«Taxiatoshdon» aksiyadorlik jamiyati, maxsus yoʻlkoʻprik boshqarmasi, «Rosenergo» qoʻshma korxonasi, «Qusshishq» parrandachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

Taxiatoshda 10 umumiy taʼlim maktabi (10354 oʻquvchi), bolalar musiqa maktabi, 3 kasbhunar kolleji (transport, qurilish va iqtisodiyot kollejlari, 2974 oʻquvchi), markaziy kutubxona va uning 8 ta filiali, 4 klub muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona (220 oʻrin), kattalar va bolalar poliklinikalari, ayollar konsultatsiyasi, ruxiy kasalliklar dispanseri, Urush va mehnat faxriylari va «Aydoʻn jol» sanatoriylari mavjud. «Xalmq dauoʻsoʻ» (qoraqalpoq tilida) gaz. chiqariladi. Taxiatosh maxsus yoʻlkoʻprik boshqarmasi «Buxoro—Nukus—Qoʻngʻirot — Beynov» avtomagistralining Ustyurtdagi (Qoʻngʻirot — Beynov) qismida qurilish ishlarini olib bormoqsa. Taxiatoshdan Nukusga avtobus qatnaydi.


Lotin alifbosida maqola: TAXIATOSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты