TAXIATOSH GIDROUZELI

TAXIATOSH GIDROUZELI — Amudaryoning quyi qismida qurilgan gidrotexnika inshooti; qurilish 1966-y. da boshlangan, 1976-y. da qurib bitkazilgan. Tuproqli toʻgʻon va toʻsiqli darvozalardan iborat. Toʻgʻonning umumiy uz. 1650 m, eni 32 m, bal. 8 m. Darvozali kismining uz. 470 m, 25 darvozadan iborat, har bir darvozaning uz. 16 m. Suv sathi toʻgʻon tagidan oʻrtacha 5,2 m ga koʻtariladi. Gidrouzel darvozalari toʻliq ochilganda undan 10500 m3/sek suv oʻtishi moʻljallangan. Ikki oxirgi darvoza baliq oʻtkazishga moslab qurilgan. Gidrouzel toʻgʻoni Amudaryoning ikkala sohilini bogʻlaydigan koʻprik vazifasini ham bajaradi. Avtomobillar qztnaydi. Gidrouzelning chap yonboshida shlyuz qurilgan. Uning boʻyi 65 m, eni 18 m. T. g. barpo etilishi bilan daryoning oʻng qirgʻogʻidan boshlanadigan Qizketgan kanaliga 7 darvozali suv chiqargichrostlagich qurildi. Har bir darvozaning uz. 10 m. Rostlagichning maksimal suv sarfi 425 m3/sek. Toʻgʻondan 300 m quyidagi daryoning chap qirgʻogʻidan boshlanadigan Suelli kanaliga suv beradigan suv uzatish kanali qazilgan. Gidrouzel Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida qariyb 1 mln. ga yerlarni sugʻorish imkoniyatlarini beradi.


Lotin alifbosida maqola: TAXIATOSH GIDROUZELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
TOSHKENT
GʻAZALKENT GIDROUZELI
SIRDARYO
FARHOD GIDROUZELI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты