SEMENT SANOATI

SEMENT SANOATI — qurilish ma-teriallari sanoatining eng yirik tarmogʻi. Portlandsement, pussolan portlandsementi, toshqol portland-sementi, shifer, asbotsement quvurlar, ganch, gil va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Sement dastlab 1824-y. da Angliyaning jan. dagi Portlend sh. yaqinida («portlandsement» nomi shundan) ingliz ixtirochisi J. Asp-din tomonidan maʼlum nisbatlarda qoʻshilgan ohak va tuproq aralashmasi-ni kuydirib olingan. 19-a. ning 30-y. la-ridan boshlab Bukj Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniyada sement z-dlari qurila boshladi. 19-a. ning 70-y. lariga kelib sement jahon qurilish texnikasi rivojlanishining asosiy yoʻnali-shini belgilab, yigma temirbetonning kashf etilishiga olib keldi. 20-a. davomida jahonning rivojlangan mam-lakatlarida Sement sanoati yuqori surʼatlarda oʻsdi va sement i. ch. ning umumiy hajmi 1500 mln. t ni tashkil etdi (1998). Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan Xilkovo (hoz. Bekobod) sement z-di 1913-y. dan qurila boshlagan. 1926-y. da korxona qayta ishga tushiriddi. 1932-y. da Quvasoy sement z-dida turli marka-dagi sementlar ishlab chiqarila boshladi. 50-y. lardan bu korxonalar kengaytirilib, k-tlarga aylantirildi, ularda sementdan tashqari shifer, ohak, asbotsement quvurlarni i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Xalq xoʻjaligining sementga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadlarida 1962-y. da yillik quvvati 1,7 mln. t boʻlgan Ohangaron sement k-ti, 1976-y. da yillik loyiha quvvati 3,4 mln. t boʻlgan Navoiy sement k-tining 1-navbati (yillik quvvati 1150 ming t) ishga tushirildi. 70-y. lar oʻrtalariga kelib Sement sanoatida 3536 ming t turli markadagi sement ishlab chiqarildi.

90-y. lar oʻrtalaridan tarmoq korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, chet el texnologiyalari bilan jihozlandi. «Ohangaron-sement» aksiyadorlik jamiyati huzurida «Ohangaron rangli sement» Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1995). «Qizilqumse-ment» aksiyadorlik jamiyati (sobiq Navoiy sement z-di)da i. ch. quvvatla-rini toʻliq ishga solish tadbirlari amalga oshirildi. Oʻzbekistan Sement sanoatida gidrotexnika va yer osti inshootlari qurishda yuqori namlik va muzlash sharoitlarida ish-latiladigan, sulfat kislotaga chidamli M400 va M500 markali portlandsement, avtomobil yoʻllari va aeroportlar qurilishida ishlatiladigan portlandsement, neft va gaz quduqlarini burgʻulashda ishlatiladigan tamponaj sementi, shuningdek, pussolan sementi, ohak va may-dalangan ohak, shifer, qurilish gan-chi, mineral paxta va b. ishlab chiqariladi. 2003-y. da Oʻzbekiston S. s. korxonalarida 4062,5 ming t sement, 313,7 mln. dona shartli shifer taxtalari ishlab chiqarildi (2002-y. da tegishlicha 3926,7 ming t sement; 298,8 mln. dona shartli shifer taxtalari). Respublika S. s. korxonalari mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Xorijiy mamlakatlardan AQSH, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Fransiya sement i. ch. boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Nuriddin Musayev.


Lotin alifbosida maqola: SEMENT SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты