TAXIKARDIYA

TAXIKARDIYA (yun. tachys — tez va kardia — yurak) — yurak qisqarishlarining tezlashuvi, yurakning tez (1 min. da 100 va undan koʻp) urishi. Yurak qisqarishi ritmikligi va sonining buzilishi, uning asosiy xususiyatlaridan biri — yurak avtomatizmining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi. Sogʻlom kishilarda jismoniy va ruhiy zoʻriqish, ovqat yeyish, tana holatini keskin oʻzgartirish, mas., yotgan joydan birdan turib ketish va h. k. da (buni fiziologik Taxikardiya deyiladi) kuzatiladi. Gavda trasi koʻtarilganda (isitma 37°dan yuqori boʻlsa, tomir minutiga odatdagidan 8—10 ta koʻp uradi), shuningdek, yuraktomir va nerv sistemalari, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari va b. da Taxikardiya paydo boʻladi. Yurak ishi juda oʻzgaruvchan boʻlib, doimo organizmning qon aylanishiga boʻlgan talabiga moslashib turadi. Tabiiy sharoitda yurak ishini boshqarishda markaziy nerv sistemasidan sayyor (adashgan) va simpatik nervlar orqali keladigan impulyelar yetakchi rol oʻynaydi. Simpatik nerv taʼsirlansa, yurak qisqarishlari soni ortadi. Yurak qisqarishi ritmining tezlashishi yurak muskullarida moddalar al mashinuvi va qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Yaulsning toʻsatdan tezlashib min,ga 160—200 gacha yetishi paroksizmal Taxikardiya deyiladi. Taxikardiyaning oldini olish uchun eng avval uni keltirib chiqargan sabab bartaraf etiladi.


Lotin alifbosida maqola: TAXIKARDIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YURAK
OVQATLANISH
YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI
VEGETATIV NERV SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты