SENTAVR

SENTAVR (lot. Centaurus) — osmonning Jan. yarim sharidagi katta yulduz turkumi. Gidra, Nasos, Paruslar, Kil, Pashsha, Sirkul va Boʻri yulduz turkumlari orasida joylashgan. Sentavrda ravshan yulduzlar (eng ravshani 0-yulduz kattaligidagi a yulduzi) hamda tumanlik va yulduz toʻdalari mavjud. Sentavrning o si qoʻshaloq yulduz boʻlib, bizga eng yaqin yulduz hisoblanadi (masofasi 1,3 parsek yoki 4,3 yorugʻlik yiliga teng). 1916-y. da Sentavrning yoʻldoshi kashf etilib, bosh yulduzdan 0,04 yorugʻlik yili masofada ekanligi aniqlangan. Bu eng yaqin (Proksima) yulduzdir.


Lotin alifbosida maqola: SENTAVR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YULDUZLAR
TOSHKENT
YER
FIZIKA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты