SENTRIOL

SENTRIOL (lot. centrum, yun. kentrom — markaz, oʻrta nuqta) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasining membranasiz organoidi. Sentriolni ingliz mikrobiologi F. Fleming kashf etgan (1875). Sentriol Golji apparata yoniga joylashgan; diploid hujayralarda bir juft boʻlib, diplosoma deyiladi. Sentrioldan biri yetuk (onalik), 2-si yetilmagan (qizlik) boʻladi. Kizlik Sentriol ona Sentriolning kichik nusxasi hisoblanadi. Interfazaning sintez yoki undan keyingi davrida Sentriol 2 hissa ortadi. Mitoz profazasida diplosomalar bir-biridan itarilib, mitoz dukini hosil qiladi. Poliploid hujayralarda S. lar soni xromosomalar toʻplami soniga mos keladi. Sentriol yuksak oʻsimliklar, baʼzi zamburugʻlar, suvoʻtlar va ayrim sodda hayvonlarda boʻlmaydi. Sentriol naysimon tuzilgan; uning devori 9 triplet mikronaychalardan iborat.


Lotin alifbosida maqola: SENTRIOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
GOLJI KOMPLEKSI
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты