SEOLITLAR

SEOLITLAR (yun. zeo — qaynayapman va lithos — tosh) — minerallar guruhi, ishqor suvli alyumosilikatlar. Struktura va morfologik xususiyatlariga koʻra, Seolitlar quyidagi mineral guruhlariga ajratiladi: natrolit guruhi — mezolit, skoletsit, tomsonit, gonnardit, edingtonit, mauntinit, rod-zit va b. ; geylandit guruhi — stilbit, epistilbit, dikiardit, bryusterit, ferryerit, klinoptilolit va b. S. tabiatda sof holda uchraydi hamda sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. Tabiiy Seolitlar 40 dan ziyod mineral turidan iborat boʻlib, ulardan asosiylari, analsim, lomontit, fil-lipsit, natrolit, mordenit, geylandit, klinoptilolit, shabazit, erionit, fojazitlardir. Sof Seolitlar oq, baʼzan rangsiz va shaffof, qizgʻish, jigarrang va yashil tuslilari mavjud. Qattiqligi 3—5, zichligi 2—2,3 g/sm3. S. asosan, effuziv togʻ jinslari orasidagi boʻshliqiarda va gidrotermal jarayonning oxirgi bosqichlarida paydo boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari orasida autigen koʻp uchraydi. Seolitlar neft uglevodorodlarini ajratish va tozalashda, katalizator sifatida hamda gazni tozalash, quritish va gazlarni (shu jumladan, havoni) ajratishda, freonlarni quritishda, radioaktiv elementlarni chiqarib olishda, kuchli vakuumlarni hosil qilishda ishlatiladi. Seolitlar konlari RF (Voronej), Armaniston va Gruziyada mavjud. Oʻzbekistonda gilmoyalar va opokasimon gillar orasida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: SEOLITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TOSHKENT
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты