SERETELI Zurab Konstantinovich

SERETELI Zurab Konstantinovich (1934.4.1, Sulukidze sh.) — rassom, haykaltarosh, Rossiya BA akad. (1992), 1997-y. dan prezidenta. Gruziyada xizmat koʻrsatgan rassom (1967), Xalq rassomi (1980), Mehnat Qahramoni (1990). Gruziya BA da taʼlim olgan (1952—59). Seretelining yorqin bezakdor monumental asarlari (namoyon, mozaika, vitraj, harakatlanuvchi bezak haykallari) meʼmoriy hamda atrof muhit bilan uygʻunligi, yorqin rangi, shaklga boyligi, xom ashyosi bilan ajralib turadi. Pitsunda (1967), Adler (1973) kabi kurort majmualari, Moskvadagi «Izmaylovo» mehmonxona majmuasi (1980), «Abadiy doʻstlik» monumenti (hamkorlikda, 1983), «Petr I haykali» (1997), Poklonnaya tepaligi (1995) hamda Manej maydoni (1996) dagi va b. memorial majmualarni bezashda ishtirok etdi. Sereteli kitob va jurnal illyustratsiyasi, teatr rassomligi sohahsida ham ishladi.


Lotin alifbosida maqola: SERETELI Zurab Konstantinovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты