SEFEIDALAR — ravshanligi vaqt boʻyicha tekis va davriy oʻzgarib turadigan, pulsatsiyalanuvchi fizik oʻzgaruvchan yulduzlar. Sefey yudduz turkumidagi 8 yulduz nomi bilan ataladi. Ravshanligi, odatda, 0,5 dan 6-yulduz kattaligigacha. Ravshanligining oʻzgarish davri har bir sefeida uchun oʻzgarmas va aniq. Oʻzgarish davrining uzunligi, koʻrinma yulduz kattaligi, spektri, t-ra va radius ning oʻzgarishi turli Sefeidalarda har xil. Sefeidalar gigant va oʻta gigant yulduz boʻlib, spektri Gʻ va G sinfiga mansub.
Nazariyaga koʻra, vodorodning «yonishi» natijasida kizil gigant yulduzda geliyli «yadro» hosil boʻladi. Yadroning gravitatsion siqilishida t-ra va bosimning ortishidan yulduz kengayadi. Bosim oʻsishi keskin kattalashib, kengayayotgan yulduz muvozanat holatidan chiqib ketadi va shu qadar kengayadiki, yadrosidagi bosim qobigʻidagi bosimdan kam boʻlib qoladi. Natijada Sefeidalarning tebranishi vujudga keladi. Bu tebranish siqilish davrida ionlashgan Ne neytral holatga oʻtib, chiqayotgan yorugʻlik energiyasi yoʻlini toʻsi-shi sababli toʻplanadigan energiya bilan taʼminlanadi. Sefeidaning mutlaq kattaligi qancha ortiq boʻlsa, ravshanligining oʻzgarish davri ham shuncha uzun boʻladi. Bu bogʻlanishni amerikalik astronomlar Livitt va X. Shepli aniqlashgan (1918). Sefeidalarning oʻzgarish davri bilan mutlaq yulduz kattalikla-rining oʻzaro bogʻliqligidan ulargacha boʻlgan masofalar hisoblanadi.