SEFEY (lot. Cepheus) — osmonning Shim. qutbi yaqinidagi yulduz turkumi; Kichik Ayis, Oqqush, Kaltakesak, Jiraf va Ajdar yulduz turkumlari orasida joylashgan; 1784-y. da kashf qilingan. Eng ravshan yulduzi 3-yulduz kattaligida; S. ning 8 yulduzi oʻzgaruvchan boʻlib, sefeidalar deb ataluv-chi oʻzgaruvchan yulduzlar sinfining nomi shu yulduz bilan bogʻliq. Oʻzbekiston hududida yil boʻyi koʻrinadi.