SZYANSU

SZYANSU — Xitoyning sharkay qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi quyi oqimi havzasida. Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlar bilan oʻralgan. Mayd. 102,6 ming km2. Aholisi 71,8 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nankin sh. Shanxay sh. alohida maʼmuriy birlik. S. Xitoyning aholi zich yashaydigan provinsiyasi.

Szyansu, asosan, Shim. Xitoy tekisligida joylashgan. Iklimi tropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 600—1200 mm. Buyuk kanal Yanszi daryosini Szyansu hududidagi koʻllar bilan bogʻlaydi. Szyansu — iqgisodiy jihatdan rivojlangan industrialagrar r-n. Iktisodiyotida Shanxay sh. muhim oʻrin tutadi. Koʻmir, temir rudasi, apatit, kaolin qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Q. x. da dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sabzavot ham ekiladi. Paxtachilik rivojlangan. Choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.

Qadimda Szyansu hududida man va xuayi qabilalari yashagan. Szyansu mil. av. 8—4-a. larda Si, U, Yue, Chu podshoxliklari tarkibida boʻlgan, 17-a. da Xitoyni manjurlar bosib olgandan soʻng bu yerda Szyannan viloyati tashkil topdi, keyinroq u S. provinsiyasi deb ataldi.


Lotin alifbosida maqola: SZYANSU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты