TASHQI BOSHQARUV

TASHQI BOSHQARUV — bankrot boʻlgan korxonada ishni qayta tashkil etish jarayoni. Tashqi boshqaruv xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda qoʻllaniladigan bankrotlik taomilidir. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa Tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, molmulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida xoʻjalik sudi tomonidan joriy etiladi.

Tashqi boshqaruvchi Tashqi boshqaruv va boshqa vakolatlarni amalga oshirish uchun arbitraj tomonidan tayinlangan shaxsdir. Uning vazifasiga qarzdorning molmulkini xatlash, Tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqish, moliyaviy, buxgalteriya, statistik hisob va gʻisobotni yurgizish va kreditorlar talabini koʻrib chiqish kiradi. Tashqi boshqaruv boshqaruvchi qarzdorning molmulkiga mustaqil egalik qilish, uning nomidan murosali shartnoma tuzish va uning shartnomalarini rad etish huquqiga egadir.

Tashqi boshqaruv 12 oydan 24 oygacha muddatga joriy etiladi. Sud sanatsiyasi va Tashqi boshqaruvning jami muddati 36 oydan oshmasligi kerak. Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra xoʻjalik sudi tomonidan 12 yoki 36 oy doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Shu muddat ichida korxonaga ayrim imtiyozlar beriladi, xususan, kreditorlarning talabini krndirish boʻyicha ilgari qabul qilingan choratadbirlar bekor qilinadi va bu talablarni qondirishga moratoriy (qarzdorning pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarni toʻlash huquqini toʻxtatib qoʻyish. Bunda moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilmasdan ilgari bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarga tadbiq etiladi) belgilanadi.

Kreditorlar yigʻilishi tasdiklagan Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning qarzlarni toʻlash qobiliyatini qayta tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan choratadbirlar nazarda tutilishi kerak. Bu ishlab chiqarish. ni ixtisoslashtirish, qarzlarni uzish, samarasiz ishlab chiqarish. ni tugatish, qarzdorning korxonasini yoki uning bir qismini sotish va b. boʻlishi mumkin.

Bankrotlik toʻgʻrisida ish yuritishning tugatilishi yoki xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tashqi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.

Tashqi boshqaruvga oid huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining 1994-y. da 5-mayda (yangi taxrirda 2003-y. 24 apr.)da qabul qilingan. «Bankrotlik toʻgʻrisida» qonuni bilan tartibga solinadi.

Oʻrozmamad Qalandarov.


Lotin alifbosida maqola: TASHQI BOSHQARUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты