SIVILIZATSIYA

SIVILIZATSIYA (lot. cuvilis) – fuqarolikka, davlatga taalluqli), tamaddun — 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli;

2) madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi;

3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S. si, Mesopotamiya S. si va b.);

4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. «Sivilizatsiya» tushunchasi 18-a. da «madaniyat» tushunchasi b-n uzviy bogʻliq raviщda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni Sivilizatsiya lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar «Sivilizatsiya» deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, «Sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.


Lotin alifbosida maqola: SIVILIZATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
MADANIYAT
MISR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты