SIGLER Karl Valdemar

SIGLER Karl Valdemar (1898. 26.11, Xelze – 1973.11.8) – nemis kimyogari. Marburg un-tini tugatgan (1920). Geydelberg un-ti prof. (1927 — 36), Galladagi Kimyo in-ti direktori (1936 — 43). Myulxeymdagi koʻmirni oʻrganish boʻyicha Kayzer Vilgelm in-ti (1943—69), ayni vaqtda 1947-y. dan Axendagi Oliy texnika maktabi direktori. Asosiy ilmiy ishlari organik kimyo va yuqori molekulyar polimerlar kimyosiga oid. Dinitrillarni siklizatsiyalab makrotsiklik ketonlar olish usulini topgan (1933) (Sigler reaksiyasi). Litiy-alkillar bilan nitrillarning oʻzaro taʼsiri natijasida iminonitrillar hosil boʻlishini kashf etgan (1934). Kyoni-ga tuzi — glutamin aldegid hosilalaridan azulenlar olish usulini ishlab chiqqan (1955). Nobel mukofoti laureati (1963; J. Natta b-n hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: SIGLER Karl Valdemar haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
GERMANIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты