SIKLAMEN

SIKLAMEN, alp fialkasi (Cyclamen) — navroʻzdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ekma gul. Oʻrta dengiz va Gʻarbiy Osiyoda 15 turi, Qrim va Kav-kazda 8 turi maʼlum. Madaniy holda eng koʻp tarqalgani fors siklameni. Boʻyi 40— 50 sm, barglari koʻp, barg bandi uzun. Okt. —martda gullaydi, gullari yirik, gul shoxida gullaydi, rangi oq, pushti, binafsha, qizil.

Chetdan changlanadi. Urugʻidan urugʻlari iyul—avg. da ekiladi, 20-25 kunda unib chiqadi. Koʻchatlari 2—3-marta yashiklarga koʻchirib oʻtkaziladi, bahorda tuvaklarga ekiladi, Manzarali oʻsimlik sifatida xonadonlarda oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: SIKLAMEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
FRANSIYA
MANZARALI OʻSIMLIKLAR
OSIYO
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты