SINXAY

SINXAY — Xitoyning shim.gʻarbiy qismidagi provinsiya. Mayd. 721 ming km2. Aholisi 5,03 mln. kishi (1999), aksari qismi xitoylar, shuningdek, tibet, dungan, qozoklar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Sinin sh. Yer yuzasi, asosan, togʻ va tekisliklardan iborat. Saydam soyligi shimdan Nanshan va Oltintogʻ, jan. dan Kunыgun togʻlari bilan oʻralgan. Ja-nubrokda Tibet togʻligining shim.-sharqiy kismlari joylashgan. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq va yozi salqin. Yillik yogʻin 300—500 mm. Yanszi, Xuanxe, Mekong daryolarining boshlanish qismlari Sinxay hududida. Koʻl koʻp, eng yirigi — Kukunor. S. — Xitoyning iqtisodiy jihatdan kamroq rivojlangan provinsiyasi. Q. x. da yaylov chorvachiligi yetakchi. Asosan, qoʻy va echki boqiladi. Chorva-chilikning asosiy mahsuloti — jun va goʻsht. Dehqonchilik b-n daryo vodiylarida shugʻullaniladi. Donli ekinlar, shuningdek, raps, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Neft, toshtuz, qoʻrgoshin va rux rudalari konlari topilgan. Neftni qayta ishlash z-dlari, metallurgiya va mashinasozlik sanoati, q. x. mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mavjud. Qadimda provinsiya hududida jun, keyinroqtufon qabilalari yashagan. 1417-a. larda moʻgʻullar qoʻl ostida boʻlgan. 18-a. ning 20-y. larida Xitoy nazorati ostiga oʻtgan. 1928-y. dan Xitoyning Sinxay provinsiyasi.


Lotin alifbosida maqola: SINXAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YER
OSIYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты