TAYAMMUM (arab.) — poklanishning bir turi. Suv boʻlmaganda qum yoki tuproq bilan tahorat qilib, ramziy poklanish. Tayammumda 4 farz bor: niyat qilish; tuproqning toza joyini tanlash; ikki qoʻlni tuproqqa urib, yuzga surish (avval chap qoʻl bilan oʻng qoʻlga, soʻng oʻng qoʻl bilan chap qoʻlga masʼhtortiladi); yana kaftlarni toza tuproqqa urib, ikki qoʻlni tirsaklarigacha masʼh qilish (uch marotaba).