TAQIR

TAQIR — 1) choʻl va chala choʻl zonalarida loituprokdan tarkib topgan va vaqgvaqti bilan suv bosadigan gilli yalang pastliklar. Yoshnli mavsumda yuzasi yupqa suv bilan qoplanib, suv bugʻlanib ketgach, Taqir yorilib, oʻsimlik oʻsmaydigan qatkdloqqa aylanadi. Shunday sharoitda vujudga kelgan tuproklarga taqir tuproqlar deyiladi. Taqir mayd. bir necha m2 dan 10—12 km2 gacha boʻladi; 2) choʻllardagi yalangoch pastliklarda tub jinsi qumoklisoz tuproqdan iborat boʻlgan, avtomorf sharoitlarda rivojlangan tuproq tipi. Yuzasining poligonal yorikli qobiq (qatkdloq) bilan qoplanganligi, qisman gumus borligi (0,5% gacha), shoʻrxokligi (shoʻrlanishi xloridsulfatli va sulfat xloridli) Taqirning muhim belgilaridir. Taqirda oʻsimliklar deyarli oʻsmaydi. Tuproq profili qalinligi 30—40 sm dan oshmaydi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Mongoliya, Gʻarbiy Osiyo, Shim. Amerikada tarqalgan. Taqirni oʻzlashtirish qimmat turadigan melioratsiya tadbirlari bilan bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: TAQIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MONGOLIYA
OSIYO
QOZOGʻISTON
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты