SISTIT

SISTIT (yun. — qovuq) — qovuqnkt yalligʻlanishi. Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida roʻy beradi. Paydo boʻlishiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi, kelib chiqishi boʻyicha spetsifik (soʻzak, sil sistiti) va nospetsifik Sistit farqlanadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Birlamchi Sistit boshqaaʼzolardagi infeksiya yuqori siydik yoʻllari yoki uretradan qon va limfa yoʻllari orqali qovuqqa oʻtishi natijasida paydo boʻladi. Bunga, shuningdek, sovuq qotish, spirtli ichimlik ichish, qabziyat, nerv-psixikaning buzilishi ham sabab boʻladi. Ayollarda Sistit aksari homiladorlik yoki tugʻruqdan keyingi davrda ku-zatiladi. Ikkilamchi Sistit (koʻpincha surunkali kechadi) qovukda tosh, yot jismlar, oʻsma boʻlganda, qovuq sili, prostata bezining oʻsmasi oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, baʼzi dorilar, zaharli moddalar ichilganda ham Sistit kuzatilishi mumkin.

Sistitda bemor tez-tez (har 10—15 minutda) siyadi, siyganda ogʻriq sezadi, ogʻriq ayniqsa, siygisi qistaganda va siygandan keyin zoʻrayadi, lovullash, achishish, baʼzan siydikda qon va yiryng paydo boʻladi. Yalligʻlanish qoʻshni aʼzolarga utganda (piyelonefrit, uretrit va b.) gavda t-rasi koʻtariladi. Oʻtkir Sistitning oldi olinmasa surunkali tus oladi. Kasallikni aniq-lashda siydik tahlili, sistoskopiya, sistografiya, ultratovush tekshiruvlari oʻtkaziladi. Davosi: bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga karab olib boriladi (ogʻriq qoldiruvchi dorilar, antibiotiklar, koʻp suyuqlik ichish, vanna, fiziomuolajalar buyuriladi).


Lotin alifbosida maqola: SISTIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIL
SOʻZAK
YER
TIBBIYOT
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты