SITOLOGIYA

SITOLOGIYA (sito… va…logiya) — xujayra haqidagi fan. Hujayralarning tuzilishi va funksiyasini, koʻp hujayrali, shuningdek, bir hujayrali organizmlardagi aʼzo va toʻqimalarning oʻzaro bogʻlanishi va munosabatlarini oʻrganadi. Barcha tirik mavjudotlarning eng muhim tarkibiy kismi boʻlgan hujayrani oʻrganish bilan Sitologiya biologiya fanlari orasida markaziy oʻrinni egallaydi; u oʻsimliklar gistologiyasi, anatomiyasi, fiziologiya, genetika, biokimyo, mikrobiologiya va b. fanlar bilan uzviy bogʻlangan. Organizmning hujayra tuzilishini oʻrganish 17-a. mikroskopistlari R. Guk, M. Malpigi, A. Levenguk (1632 — 1723) tomonidan boshlangan edi.

Sitologiyaning taraqkiyoti hujayra tadqiqoti usullarining rivoji bilan bogʻliq. 19-a. ga kelib butun organik dunyo uchun yagona hujayra nazariyasi yaratildi (T. Shvann, 1838). Hujayra nazariyasining yaratilishi hujayrani barcha tirik organizmlarning asosi sifatida oʻrganish uchun turtki boʻddi. 19-a. oʻrtalaridan hujayralar strukturasini fiksatsiya qilish, yaʼni kimyoviy moddalar va fizik omillar taʼsir ettirish yoʻli bilan shu strukturani saqlash va toʻqimalarni boʻyashning har xil usullari qoʻllanila boshladi. Sitologiyaning keyingi rivojlanishiga nemis patologi R. Virxovshsht «sellyulyar patologiya» haqidagi taʼlimoti sabab boʻldi (1858), Virxov hayvon organizmi hujayralar majmuidan iborat, shulardan har biri hayotning barcha xossalariga ega va har bir xujayra fakat hujayradan rivojlanadi degan fikrni olgʻa surdi. 19-a. ning oxirida protoplazmaning doimiy tarkibiy qismlari (organoidlari); sentrosomalar, mitoxondriyalar, toʻrsimon apparat yoki Golji kompleksi, shuningdek, hujayra yadrosidagi nuklein kislota aniqlandi. Hujayraning kariokinetik boʻlinishini (q. Mitoz) avval oʻsimliklarda, keyin hayvonlarda kashf qilindi. Xromosomaning individuallik nazariyasi va soni turgʻunligi qoidasi yaratildi. Jinsiy hujayralar rivojlanishida xromosomalar soni reduksiyasi jarayoni kashf qilindi. Rus sitologi S. G. Navashin (1898) yopiq urugʻli oʻsimliklarda qoʻsh urugʻlanish hodisasini anikladi.

Hujayra fiziologiyasini tadqiq qilishda ham katta ishlar qilindi. I. I. Mechnikov fagotsitoz jarayonini topdi. Oʻsimlik va hayvon hujayralarining tanlab oʻtkazuvchanlik xususiyati kashf qilindi. Membrananing oʻtkazuvchanlik nazariyasi paydo boʻldi. Hujayrani tiriklayin boʻyash usullari ishlab chikildi.

20-a. ning boshidan hujayrani tadqiq etishda ultrabinafsha nurlar va flyuoressent mikroskopiyasi, 1941-y. dan faza — kontrastli mikroskopiya qoʻllanildi. Sitokimyoviy tahlillarning yangi usullari ishlab chiqildi. Hujayra ustida har xil tadqiqotlar oʻtkazishga yordam beruvchi mikromanipulyatorlar yuzaga keldi. 20-a. ning birinchi choragida xujayra strukturasining funksional roli aniqlandi. Oʻsimlik hujayralarida vakuolyar sistema rivojlanishi va plastidalardan kraxmal hosil boʻlishi kuzatildi.

Mendel qonunlarittt qayta kashf qilinishi Sitologiya rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Jinsiy aʼzolar va somatik hujayralar yadrosida kechadigan jarayonlarni oʻrganish natijasida irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi; sitogenetika soha boʻlib ajraldi.

20-a. ga kelib Sitologiyaning jadal rivojlanishiga yangi usullar (elektron mikroskopiya, izotop indikatorlar, hujayralarni sunʼiy oʻstirish va b.) asos boʻldi. Hujayraning yangi ultramikroskopik komponentlari, hujayrani tashqi muhitdan ajratib turadigan plazmatik yoki hujayraviy membrana va h. k. kashf qilindi. Submikroskopik tadqiqotlar hujayralarni eukariotlar vaprokariotlar guruhiga (shunga koʻra organizmlarni ham) ajratish imkoniyatini berdi.

Hujayraning tarkibiy qismlarini ajratib olish usullarini takomillashtirish, biokimyoning analitik va dinamik usullarini Sitologiyaga tadbiq etish hujayraning kimyoviy topografiyasi va uning tarkibiy qismini, biokimyoviy roli hamda funksional ahamiyatini aniqlashga olib keldi. Hujayraning genetik funksiyasini oʻrganishda yadro va hujayraning sitoplazmatik tarkibida DNK borligini aniklash katta ahamiyatga ega boʻldi.

Hozirgi Sitologiyaning asosiy vazifalari hujayraning mikroskopik va submikroskopik strukturasi hamda kimyoviy tarkibini, hujayralar strukturalarining funksiyalari va ularning oʻzaro taʼsirini, moddalarning hujayraga oʻtishi va undan ajralib chiqish usullari hamda membrananing bu jarayonlardagi rolini, mikroorganizmlarning nerv va gumoral omillari hamda tashqi muxit omillariga hujayralarning reaksiya koʻrsatishini, uning qoʻzgʻalishini qabul qilishi va oʻtkazishini, hujayraning bir-biriga oʻzaro taʼsirini, uning shikastlaydigan taʼsirotga koʻrsatadigan reaksiyasini, hujayraning yadro va sitoplazmatik-genetik apparati va irsiy kasalliklarda uning oʻzgarishini, hujayralarning viruslar bilan munosabatini, normal hujayralarning oʻsma (rak) hujayralariga aylanishi, hujayra sistemasining paydo boʻlishi hamda evolyutsiyasi va b. masa-lalarni urganiщsan iborat. Sitologiyaning sitogenetika, sitoekologiya, radiatsion Sitologiya, onkologik Sitologiya va b. tarmoqdari bor. Hoz. respublikamizdagi mavjud tibbiyot in-tlarda Sitologiya gistologiya b-n qoʻshib oʻqitiladi. Oʻzbekiston FAning «Oʻzbekistan biologiya jurnali» va b. nashrlarda Sitologiya masalalari yoritiladi (yana q. Hujayra).

Ad.: Afanasyev Yu. I. i dr., Rukovodstvo po gistologii, M., 2001; Zufarov K. A. Gistologiyadan oʻquv qoʻllanma, T., 1991.


Lotin alifbosida maqola: SITOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
YER
TIBBIYOT
BIOKIMYO
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты