SIXLASOMALAR

SIXLASOMALAR (Cichlasoma) – olabugʻa baliqlar turkumi urugʻi. Uz. 10—30 sm. Tanasi baland, ikki yondan siqiq. Erkaklarida orqa va anal suzgichlari keyingi cheti uzun va oʻtkir. Rangi har xil, koʻpincha dogʻlari yoʻl-yoʻl tusda boʻladi. 20 ga yaqin turi bor. Shim. Amerikaning jan. qismi, Jan. Amerika va Karib dengizi o. laridagi chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Suv tubidagi suvoʻtlar orasida yashaydi. Uvildiriq tashlashdan oldin juft hosil qiladi. Urgʻochisi bir necha yuztadan 2 mingtagacha uviddiriq tashlaydi. Tuxumlari va yosh baliqchalarni qoʻriqlaydi. Bir qancha turlari akvariumlarda boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: SIXLASOMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BALIQLAR
YER
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
SHIMOLIY AMERIKA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты