SOKOL

SOKOL (ital. zoccolo) — 1) bino, inshoot devorining, ustun, haykal va b. ning pastki qalinlashgan qismi; poydevoryait davomi, yaʼni yer sirtidan chiqib turadigan qismi. Sokol pishiq gʻisht, beton yoki temir-beton bloklardan ishlanadi. Binoga alohida koʻrk berish maqsadida granit, marmar va b. materiallar bilan qoplanadi;

2) elektrotexnika va radiotexnika d a — elektron yoki ion asboblar — choʻgʻlanma lampalar, lyuminessent lampalar, elektron lampalarning pastki konstruktiv qismi. Lampani patron, lampa paneli (korpusi)ga oʻrnatish va lampa ichida joylashgan elementlar (choʻgʻlanma simlar, elektrodlar)ni tashki elektr zanjiriga ulash uchun xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: SOKOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
KONSTRUKTIV MATEMATIKA
ION EMISSIYA
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты