SUKERVANIK Isaak Platonovich (1901.23.5, Boku – 1968.21.4, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1942). Kime fanlari d-ri (1940), prof. (1940). Turkiston un-tini tugatgan (1927), organik kimyo kafedrasi mudiri (1938-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari aromatik birikmalarni alkillash va atsillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash usullarini ishlab chiqqan (1933—34). Bifunksional birikmalar bilan alkillash reaksiyalarini oʻrgangan hamda galoid-, oksi-, alkoksi-, karboksi-, sian – va nitro-hosilalar olish usullarini taklif etgan. Defoliantlar, desikantlar va oʻstirish regulyatorlari sintezini amalga oshirgan (1963-y. dan).
As: Issledovaniya neftey Oʻzbekistana, T., 1938; Issledovaniya v oblasti alkilirovaniya yadra aromaticheskix soyedineniy, Yerevan, 1955.