SUNAMI

SUNAMI (yaponcha — ajal va vayronalik keltiruvchi toʻlqinlar) — suv ostida yoki sohil boʻyida kuchli zilzila boʻlganda, baʼzan vulkanlar otilishi yoki boshqa tektonik jarayonlar oqibatida dengiz tubining koʻtarilishi va choʻkishi natijasida yuzaga keladigan juda uzun gravitatsion dengiz toʻlqinlari. Suvning kam siqilishi va suv tubi maydonlarining deformatsiyalanish darajasining juda jadalligi sababli, unga tayangan suv ustuni tarqalishga ulgurmay oʻrnidan qoʻzgʻaladi, natijada okean yuzasidan koʻtarilish va pasayish yuzaga keladi. Bu yuzaga kelgan qoʻzgʻalish suv qatlamining toʻlqinsimon harakatlanishiga sabab boʻladi, yaʼni katta tezlikda (50 dan 1000 km/so-atgacha) harakatlanuvchi Sunami toʻlqinlari yuzaga keladi. Toʻlqinlar oraligʻidagi masofa 5 dan 1500 km gacha, balandligi esa ochiq okeanda 0,1 m dan 5 m gacha, qirgʻoqlarda 10 m dan 50 m gacha yetadi va undan ham ortib ketadi. Sunami katta halokatlar keltiradi. Asosan, Tinch okean qirgʻoqlarida (S. larning 80%) kuzatiladi. Eng kuchli Sunami 1895-y. da Xonsyu o. yaqinida sodir boʻlgan. Soʻnggi 2004-y. 26 dek. da Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan Sunami oqibatida 300 mingdan ziyod kishi qurbon boʻldi va bedarak yoʻqoldi. Shu regionda joylashgan mamlakatlar iqtisodiga ulkan zarar keltirdi. Sunamidan qisman saq-lanish uchun okean va dengiz qirgʻoqlarida inshootlar quriladi. Bir necha mamlakatlarda aholini Sunamidan xabardor qilish xizmatlari tuzilgan.


Lotin alifbosida maqola: SUNAMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN
VULKANLAR
KOʻTARILISH VA PASAYISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты