TEBINBULOQ TEMIR KONI

TEBINBULOQ TEMIR KONI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Sulton Uvays togʻlarida, Nukus — Toʻrtkoʻl t. y. dan 5—7 km masofada joylashgan. Kon 1937-y. topilgan. Urusoy sinigʻida quyi devon davriga mansub kremniykarbonatliterrigen va vulkanogenterrigen jinslar orasida joylashgan kuyi karbonning piroksenitgabbroli intruziv majmuasi bilan bogʻliq. Temir rudasi tarkibi boʻyicha Uraldagi Kochkanar koniga oʻxshash, unda temir 16,2%, titan oksidi — 2,0%, vanadiy oksidi — 0,15%; farqi titan oksidi 1,5 barobar yuqoriligidir. Asosiy minerali — titanmagnetit, u ilmenitning yupqa plastinkasimon oʻsimtalarini qamrovchi magnetitdan iborat. Rudalar zich xoldor yoki massiv koʻrinishda, asosan, oʻzgaruvchan piroksenitlar bilan bogʻliq. Tarkibida gematit ham uchraydi. Ruda va rudasiz piroksenitlar tarkibida piritxalkopirit minerallashuvi bilan oltin, sof platina, oltin telluridlari va platina arsenidlari uchraydi. Genezisi boʻyicha kon yakunlangan magmatikruda tanalari joylashgan intruziv jinslarning astasekin sovib borish jarayonlari bilan boglik. Tebinbuloq temir konida bir necha oʻn ruda tanalari aniklangan. Ularning eng yiriklari konning gʻarbiy va sharqiy uchastkalarida boʻlib, uz. 2400 m, qalinligi 100—400 m, tarqalish chuq. 500 m ga yetadi. Tebinbuloq temir konining resurslari bir necha mlrd. tonnani tashkil etadi.


Lotin alifbosida maqola: TEBINBULOQ TEMIR KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
TITAN
PLATINA RUDALARI
MURUNTOV OLTIN KONI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты